Samarqandda 1,8 mlrd so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalangan mayning ferma fosh qilindi

Samarqandda 1,8 mlrd so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalangan mayning ferma fosh qilindi
Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati
Kripto-aktivlar ishlab chiqarishda noqonuniy mayning faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar tomonidan energiya resurslarni talon-toroj qilinishini fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Samarqand viloyati, Ishtixon tumani, “Qaraquyli” mahallasida joylashgan “M.G.M” oilaviy korxona rahbari X.Yo. korxonaga qarashli binoning yer to‘lasida mayning qurilmalarini elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulagan.
Samarqandda 1,8 mlrd so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalangan mayning ferma fosh qilindi
Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati
Oqibatda, 1,8 mlrd so‘mlik 2 mln kVt.soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.
Samarqandda 1,8 mlrd so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalangan mayning ferma fosh qilindi
Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati
Mazkur holat yuzasidan X.Yo.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘irlik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.