Oʻrikzor bozori yonidagi koʻprik ustida Tracker beton simyogʻochga urildi

Oʻrikzor bozori yonidagi koʻprik ustida Tracker beton simyogʻochga urildi
Foto: Toshkent shahar IIBB
27 dekabr kuni soat 01:19 da «102» tizimidan tushgan xabarga koʻra, shu kuni soat 00:40 larda Uchtepa tumani THAY koʻchasi Oʻrikzor bozori yonidagi koʻprik ustida YTH sodir boʻlgan.

Toshkent shahar IIBB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabariga koʻra, haydovchi, 1999 y.t., K.N boshqaruvida boʻlgan Tracker rusumli avtomobilni katta tezlikda boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yoʻqotgan.
Oʻrikzor bozori yonidagi koʻprik ustida Tracker beton simyogʻochga urildi
Xabarda aytilishicha, u yoʻl qatnov qismining ikkiga ajratib turuvchi bordyurga chiqib ketib beton simyogʻochga urilib, YTH sodir etgan.

YTH oqibatida haydovchiga birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.