2025 yil 1 maydan boshlab “Toza qoʻllar” dasturi amalga oshiriladi

2025 yil 1 maydan boshlab “Toza qoʻllar” dasturi amalga oshiriladi
Prezidentning “Oʻzbekiston–2030 strategiyasini Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi farmoni jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi.

Aholi, ayniqsa yosh avlod vakillari tomonidan sanitariya-gigiyena vositalaridan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida 2025 yil 1 maydan boshlab quyidagilarni nazarda tutuvchi “Toza qoʻllar” dasturi amalga oshiriladi:

a) barcha sogʻliqni saqlash va ta'lim muassasalarida:
  • qoʻl yuvish joylarini zarur sanitariya-gigiyena vositalari bilan ta'minlash;
  • sanitariya-gigiyena xonalarining texnik holatini yaxshilash, yangi qurilayotgan muassasalarda ularni binoning ichki qismida joylashtirish;
  • yil davomida birinchi navbatda qoʻl yuvish va antiseptik vositalarni xarid qilishni nazarda tutish;

b) barcha turdagi jamoat sanitariya-gigiyena xonalari, umumiy ovqatlanish tashkilotlarini sanitariya-gigiyena vositalari bilan ta'minlash majburiyatini kiritish.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I.Norqulov) birinchi darajali mablagʻ taqsimlovchilarning asoslangan hisob-kitoblariga asosan 2025 yil davomida byudjet tashkilotlarida mazkur banddagi tadbirlar uchun zarur boʻlgan hollarda qoʻshimcha mablagʻlar ajratadi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi (B. Yusupaliyev) ushbu bandda nazarda tutilgan muassasalarda sanitariya-gigiyena holatini saqlash uchun vositalar ajratish boʻyicha normativlarni qayta koʻrib chiqadi va ularning amalda bajarilishi ustidan qat'iy nazorat oʻrnatadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.