Meksikada kanadalik sayyohlarga kit hujum qildi


Meksikada 35 yoshli kanadalik ayolni kit bosib olganidan keyin ayol olingan jarohatlardan halok bo‘ldi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, ayol qayiqda bir guruh sayyohlar bilan birga suzib ketayotganda kit suvdan otilib chiqib, qayiqning ustiga tushgan. Ushbu baxtsiz voqea Kabo-San-Lukas kurorti sohilbo‘yi yaqinida yuz bergan.
Voqea joyiga dengiz floti tibbiy personali etib kelgan. Ayol shifoxonaga olib ketilgan, biroq uning hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmagan.
Manba: www.kun.uz
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













