Toshkentda tikuvchilik korxonasi omborida yongʻin sodir boʻldi

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Uchtepa tumanida sodir boʻlgan yongʻin toʻgʻrisida birlamchi ma\'lumot berdi.
Qayd etilishicha, 27 yanvar kuni soat 21:33 da Uchtepa tumani Taqachi MFY Taqachi koʻchasida joylashgan (18-sonli avtobus saroyi yaqinida) tikuvchilik korxonasining omborida yongʻin boʻlayotgani toʻgʻrisida Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Foto: Videodan kadr
Yongʻin qutqaruv ekipajlari etilgan manzilga soat 21:40 da etib borgan va yongʻin soat 22:03 da qurshab olingan, ayni vaqtda yongʻinni oʻchirish ishlari bajarilmoqda.
«Yongʻin natijasida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar toʻgʻrisida xabar kelib tushmadi», — deyiladi xabarda.
Ta\'kidlanishicha, voqea joyiga Toshkent shahar FVB rahbariyati hamda mas\'ul tashkilotlarning vakillari chiqqan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Qayd etilishicha, 27 yanvar kuni soat 21:33 da Uchtepa tumani Taqachi MFY Taqachi koʻchasida joylashgan (18-sonli avtobus saroyi yaqinida) tikuvchilik korxonasining omborida yongʻin boʻlayotgani toʻgʻrisida Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Foto: Videodan kadr
Yongʻin qutqaruv ekipajlari etilgan manzilga soat 21:40 da etib borgan va yongʻin soat 22:03 da qurshab olingan, ayni vaqtda yongʻinni oʻchirish ishlari bajarilmoqda.
«Yongʻin natijasida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar toʻgʻrisida xabar kelib tushmadi», — deyiladi xabarda.
Ta\'kidlanishicha, voqea joyiga Toshkent shahar FVB rahbariyati hamda mas\'ul tashkilotlarning vakillari chiqqan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













