Tezkor-profilaktik tadbirlar jarayonida nimalar aniqlanmoqda?

Tezkor-profilaktik tadbirlar jarayonida nimalar aniqlanmoqda?
Foto: IIV
Fargʻona viloyatida IIV ishchi guruhi tomonidan “Tozalash” kompleks tezkor-profilaktik tadbirlari oʻtkazilmoqda.

IIV Tezkor-qidiruv departamenti xabar berishicha, jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda yoʻl harakati xavfsizligini ta'minlash yoʻnalishlarida reyd tadbirlari tashkil etilib, 8 nafar ov qurolini hujjatsiz noqonuniy saqlab kelayotgan, 27 nafar jamoat joyida tigʻli buyum olib yurgan shaxslarga nisbatan jinoiy va ma'muriy choralar koʻrildi.
Tezkor-profilaktik tadbirlar jarayonida nimalar aniqlanmoqda?
Avtoreyd tadbirlarida 1321 nafar qoidabuzar haydovchilar aniqlanib, 131 ta transport vositalari jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Tezkor-profilaktik tadbirlar jarayonida nimalar aniqlanmoqda?
Tezkor-profilaktik tadbirlar jarayonida nimalar aniqlanmoqda?
“Tozalash” tadbirlari doirasida Fargʻona shahrida 1986 hamda 1988 yilda tugʻilgan ikki nafar shaxs qoʻlga olindi. Ular oʻzaro jinoiy til biriktirib, tovlamachilik yoʻli bilan 1987 yildan tugʻilgan fuqaroning sir saqlanishi lozim boʻlgan shaxsga doir ma'lumotlarni ruxsatsiz qoʻlga kiritib, tarqatish bilan qoʻrqitib kelgan.
Tezkor-profilaktik tadbirlar jarayonida nimalar aniqlanmoqda?
Shu maqsadda undan 2,5 ming dollar talab qilib, oldindan 1,5 ming dollarni olgan vaqtida ushlandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.