Issiqlik energiyasi bilan ta’minlash sohasi tubdan isloh qilinadi

Issiqlik energiyasi bilan ta’minlash sohasi tubdan isloh qilinadi
Joriy yil 11 martdagi Prezidentning PQ-100-son qarori bilan uy-joy va bino-inshootlarni issiqlik energiyasi bilan barqaror ta’minlash hamda binolarning energiya samaradorligini oshirishning kelgusi 5 yildagi asosiy yo‘nalishlari belgilandi.

Jumladan:
  • sohada yagona davlat siyosatini yuritish, ilg‘or xorijiy tajribalar asosida strategik takliflarni ishlab chiqish, issiqlik ta’minoti korxonalari faoliyatini boshqaruvchi va muvofiqlashtiruvchi tashkilot tashkil etiladi;
  • markazlashgan issiqlik ta’minotiga ulanmagan to‘rt va undan yuqori qavatli ko‘p kvartirali uy-joylarning isitish tizimida lokal qozonxonalar qurish va boshqa muqobil texnologiyalarni joriy etish hisobiga bir xonadonning gazga bo‘lgan talabini kamida 20 foizga kamaytiriladi.

Shuningdek, quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi, jumladan:
  • markazlashgan issiqlik tizimlaridagi eskirgan 103 ta qozonxona va 1,6 ming kilometr issiqlik tarmog‘i yangilanadi;
  • davlat-xususiy sheriklik asosida 9 ta, xalqaro moliya institutlari ishtirokida 13 ta shahar va tumanda modernizatsiya loyihalari amalga oshiriladi;
  • markazlashgan issiqlik ta’minoti qamrovi 37 foizdan 58 foizgacha yetkaziladi, tizimdagi yo‘qotishlar 38 foizdan 20 foizgacha qisqartiriladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.