Shavkat Mirziyoyev Samarqandda Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi

Shavkat Mirziyoyev Samarqandda Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 22 mart kuni Samarqandga tashrif buyurib, Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Qur’on tilovat etilib, duo o‘qildi.
Shavkat Mirziyoyev Samarqandda Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi
– Kuni kecha xalqimiz bilan Navro‘z ayyomini kutib oldik. Bugun, muqaddas Ramazon oyida mana shu tabarruk joyga kelib turibmiz. Bu ulug‘ kunlarga tinchlik-xotirjamlikda yetkazgani uchun Yaratganga shukronalar aytamiz. Ilohim, hamisha yurtimiz tinch, elimiz farovon bo‘lsin, hamma xayrli niyatlarimiz amalga oshsin. Bu majmuani Imom Buxoriy bobomizga munosib tarzda quryapmiz. U ziyorat bilan birga ma’rifat, tarbiya, ibrat o‘chog‘i bo‘lsin, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shavkat Mirziyoyev Samarqandda Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi
Qayd qilinishicha, bu yerda yangi majmua barpo etilmoqda, uning umumiy maydoni 44 gektar. Bugungi kunda mahobatli maqbara, 10 ming kishiga mo‘ljallangan masjid qurib bitkazilgan. Balandligi 75 metrlik 4 ta minora majmuaga ulug‘vorlik bag‘ishlagan. Shuningdek, muzey, ayvonlar, ma’muriyat va xizmat ko‘rsatish binolari barpo etilgan.

Ayni paytda pardozlash ishlari olib borilmoqda. Bunda milliy an’analar va issiq ranglardan foydalanilmoqda. Peshtoqlar va ayvon devorlariga “Sahihi Buxoriy”dan hadislar bitiladi.
Shavkat Mirziyoyev Samarqandda Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi
Bundan tashqari, hududda ikki ming o‘rinli yigirmadan ortiq mehmonxona, xiyobonlar, to‘rtta tahoratxona barpo etiladi.

Bu yil O‘zbekistonda Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligi keng nishonlanadi. Shu haqdagi prezident qarorida kalom ilmi sultonining Samarqand shahridagi majmuasini qayta ta’mirlash va obodonlashtirish belgilangan. Tashrif chog‘ida prezidentga ushbu loyiha taqdimot qilindi.
Shavkat Mirziyoyev Samarqandda Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi
Qayd etilganidek, Moturidiy majmuasida 1 ming 500 kishiga mo‘ljallangan jome masjid, ma’muriy bino qurilishi ko‘zda tutilgan. U yerda kutubxona, majlislar zali, innovatsion muzey hamda mutaxassislar uchun xonalar bo‘ladi. Majmua yaqinida ziyoratchilar uchun avtoturargoh, tahoratxona quriladi.
Shavkat Mirziyoyev Samarqandda Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi
Imom Abu Mansur Moturidiy islom olamida ixtiloflar avj olib, har xil firqalar ko‘paygan paytda yashagan, butun hayotini islomiy aqidani himoya qilish va ma’rifatini yoyishga bag‘ishlagan. U zotning moturidiylik ta’limoti, “Ta’vilotul Qur’on”, “Kitob at-Tavhid” kabi asarlari bag‘rikenglik va mo‘tadillik tamoyillari bilan ahli sunna val-jamoaning ma’naviy asoslariga aylangan.
Shavkat Mirziyoyev Samarqandda Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi
Davlat rahbari bu tamoyillar bugungi kunda ham dolzarb bo‘lib borayotganini ta’kidlab, alloma merosini yanada keng o‘rganish va jahonga targ‘ib etish, majmuaga keluvchilarga sharoitlarni kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Shavkat Mirziyoyev Samarqandda Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi
Yana bir xayrli loyiha – Oqdaryo tumanidagi Mahdumi A’zam qadamjosini obod qilishga qaratilgan. Asli hozirgi Kosonsoy tumanida tug‘ilgan so‘fiy olim naqshbandiya ta’limotining rahnamolaridan biri bo‘lgan. Ilm va din yo‘lidagi uzoq safardan so‘ng, Samarqand viloyatida abadiy qo‘nim topgan.
Shavkat Mirziyoyev Samarqandda Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi
Bu maskanga keluvchi ziyoratchilar ham ko‘p. Ularga sharoitlarni yaxshilash maqsadida Mahdumi A’zam maqbarasi yonida uch qavatli avtoturargoh, tahoratxona qurilishi rejalashtirilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev Samarqandda Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi
Samarqand zaminidan yetishib chiqqan boshqa olim va mutafakkirlar, aziz avliyolarning qadamjolari ham bosqichma-bosqich qayta ta’mirlanib, obod qilinadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.