Samarqandlik qidiruvdagi qarzdor Farg‘onadan topildi

Samarqandlik qidiruvdagi qarzdor Farg‘onadan topildi
Majburiy ijro byurosi Urgut tumani bo‘limi tomonidan qarzdor M.Sh. farzandining ta’minoti uchun alimentdan 37 million so‘m qarz bo‘lsa-da qasddan to‘lamay yurganligi sababli davlat ijrochisi tomonidan qidiruv e’lon qilingan.

Byuroning Samarqand viloyati boshqarmasi Qidiruv sho‘basi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida olingan ma’lumotlarga asosan qarzdor M.Sh. Farg‘ona viloyatida ekanligi aniqlangan.

Qarzdor Byuroning Farg‘ona viloyat xodimlari bilan hamkorlikda ushlanib, Samarqandga keltirilgan va Jinoyat kodeksining 122-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Xozirda 14 million so‘m aliment pullari undiruvchiga undirib berilgan. Bu kabi hamkorlikdagi tadbirlar davom etmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.