Jizzaxda gaz ta’minoti bo‘limi xodimi qo‘lga tushdi

Jizzaxda gaz ta’minoti bo‘limi xodimi qo‘lga tushdi
Tabiiy gaz ta’minotidan qarzdorlikni yo‘q qilishni va’da bergan gaz ta’minoti bo‘limi xodimi ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda «Sh.Rashidovtumangaz» gaz ta’minoti bo‘limi gazchi xodimi B.P. fuqaroning yashash xonadoni tabiiy gaz tarmog‘idan uzilgan bo‘lsa-da, 10 mln so‘m evaziga yangi gaz hisoblagich o‘rnatib, qarzdorlikni yo‘q qilishni va’da berib, shundan 1 mln so‘mini olib, keyinchalik, qolgan 9 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalilar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.