Toshkentda Malibu haydovchisi mototsiklchini urib yubordi

Toshkentda Malibu haydovchisi mototsiklchini urib yubordi
4 may kuni Toshkent shahri Mirabad tumanida Malibu-2 avtomobili va skuter ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb Nova24.uz xabar berdi. Hodisa soat 20:30 da Eski Sariko‘l ko‘chasidagi 94-uy qarshisida yuz berdi.

2003 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Malibu-2 avtomobili 1978 yilda tug‘ilgan erkak boshqaruvidagi mototsikl bilan to‘qnashdi. Natijada, skuter haydovchisi va uning yo‘lovchisiga shifokorlar birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishdi.

Hodisa yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan tergov ishlari boshlangan. Hokimiyat barcha haydovchilarni yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishga va belgilangan tezlik cheklovlarini buzmaslikka chaqirdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.