Aliment to‘lashdan bosh tortish - chora emas!

Aliment to‘lashdan bosh tortish - chora emas!
Kasbilik fuqaro F.Q. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudining 29.10.2020 yildagi sud buyrug‘iga asosan 1 nafar farzandini to u voyaga yetgunga qadar moddiy taʼminlashi lozim edi.

Ammo F.Q. alimentdan bo‘yin tovlab, Byuro xodimlaridan berkinishga urindi. To‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirmaganligi sababli qarzdorlik 19 mln. so‘mga yetdi.

Shu sababli, Byuroning Kasbi tuman bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan 21.04.2025 yilda qarzdor F.Q.ni qidirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Boshqarma Qidiruv shoʻbasi tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida fuqaro 14.05.2025 yilda Koson tumanidan topildi va keyingi ijro harakatlarini amalga oshirish uchun bo‘lim davlat ijrochisiga topshirildi.

Unutmang, qarz ortsa — oqibatlar og‘ir bo‘ladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.