Hindistonlik sayyohlar soni O‘zbekistonda 35% ga oshdi

Hindistonlik sayyohlar soni O‘zbekistonda 35% ga oshdi
2025 yilning yanvar–aprel oylarida O‘zbekistonga Hindistondan 22,6 ming nafar turist tashrif buyurgan, deb upl.uz xabar berdi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan hind sayyohlar soni 6 ming nafarga yoki 35,6 foizga oshgan.

Yilning dastlabki to‘rt oyida O‘zbekistonga kirib kelgan hind fuqarolarining safar maqsadlari quyidagicha taqsimlangan:

• sayohat — 13 937 kishi
• xizmat safari — 5 959 kishi
• ta’lim — 2 540 kishi
• qarindoshlarni ziyorat qilish — 203 kishi
• tijorat maqsadida — 8 kishi
• davolanish — 2 kishi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.