Rossiyadan deport qilingan o‘zbek boshqa ismda qaytdi

Rossiyada migratsiya qonunlarini buzganligi uchun deport qilingan o‘zbekistonlik fuqaro yangi ism va pasport bilan Volgograd viloyatiga qaytishga urindi, deb Nova24 xabar berdi.
U besh yilga Rossiyaga kirish taqiqiga qaramay, avval Belarusga uchib, u yerdan Rossiya hududiga o‘tishga qaror qildi. Boshida rejasi ish bergandek tuyulgandi, ammo politsiya uni tanib oldi.
U ayni paytda xorijliklarni vaqtincha saqlash markazida saqlanmoqda. Davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tganligi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi mumkin.
Endilikda u 300 ming rublgacha (taxminan 41 million so‘m) jarima, to‘rt yilgacha majburiy mehnat yoki qamoq jazosiga duchor bo‘lishi mumkin.
Qizig‘i, u Belarusda qonuniy ish topishi mumkin edi – prezident Aleksandr Lukashenko o‘zbeklarni “bizning odamlarimiz” deb atagan. Ammo ko‘pchilik Belarus IIV tekshiruvlaridan o‘tolmagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!U besh yilga Rossiyaga kirish taqiqiga qaramay, avval Belarusga uchib, u yerdan Rossiya hududiga o‘tishga qaror qildi. Boshida rejasi ish bergandek tuyulgandi, ammo politsiya uni tanib oldi.
U ayni paytda xorijliklarni vaqtincha saqlash markazida saqlanmoqda. Davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tganligi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi mumkin.
Endilikda u 300 ming rublgacha (taxminan 41 million so‘m) jarima, to‘rt yilgacha majburiy mehnat yoki qamoq jazosiga duchor bo‘lishi mumkin.
Qizig‘i, u Belarusda qonuniy ish topishi mumkin edi – prezident Aleksandr Lukashenko o‘zbeklarni “bizning odamlarimiz” deb atagan. Ammo ko‘pchilik Belarus IIV tekshiruvlaridan o‘tolmagan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













