Xitoy metrosida "yashil" vagonlar ishga tushirildi

Xitoy metrosida "yashil" vagonlar ishga tushirildi
Xitoy metrosida "yashil" vagonlar ishga tushirildi

Xitoyning Xanchjou shahrida metro vagonlaridan biri ekologik sof transport targ‘iboti sifatida haqiqiy o‘rmonga aylantirildi. Poezd o‘simlik ekilgan tuvaklar bilan jihozlandi, devor va o‘rindiqlar esa mox va barglar bilan qoplandi. \"Yashil\" vagon 28 noyabrda atigi 12 soatga ishga tushirildi. Bu haqida Kun nashri xabar berdi.

Vagon butkul o‘simliklar bilan qoplandi. Shu tariqa shahar hukumati atrof-muhitni obodonlashtirish uchun jamoat transportini rivojlantirishga chorladi.

12 soat ichida u qadar ko‘p kishilar vagonda bo‘lishga ulgurmagan bo‘lishsa-da, unda bo‘lganlarning aksariyati selfi olishga muvaffaq bo‘ldi.
Xitoy metrosida "yashil" vagonlar ishga tushirildi

Xitoy metrosida "yashil" vagonlar ishga tushirildi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.