Toshkentda universitet o‘qituvchisi pora bilan ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati matbuot xizmati xabar berishicha, Toshkent shahar prokuraturasi departamenti bilan hamkorlikda maxsus operativ tadbir o‘tkazilgan. Ushbu tadbir davomida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o‘qituvchisi ushlangan.
Ushlanish vaqtida ushbu shaxs 4 ming AQSH dollari miqdoridagi pulni qabul qilib olgan. Bu pul evaziga u Toshkent shahrida yashovchi bir shaxsni o‘zining oliy ta’lim muassasasiga qabul qilishni va’da qilgan. Ushbu rejasini amalga oshirish uchun o‘zining yuqori lavozimli tanishlaridan yordam olishni rejalashtirgan, deb xabar bermoqda Upl.uz sayti.
Hozirda mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Ushlanish vaqtida ushbu shaxs 4 ming AQSH dollari miqdoridagi pulni qabul qilib olgan. Bu pul evaziga u Toshkent shahrida yashovchi bir shaxsni o‘zining oliy ta’lim muassasasiga qabul qilishni va’da qilgan. Ushbu rejasini amalga oshirish uchun o‘zining yuqori lavozimli tanishlaridan yordam olishni rejalashtirgan, deb xabar bermoqda Upl.uz sayti.
Hozirda mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













