Toshkentda pista ishlab chiqarish korxonasida yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentda pista ishlab chiqarish korxonasida yong‘in sodir bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati 11 iyul kuni soat 03:15 da Toshkent shahri, Olmazor tumani, Usta Shirin ko‘chasidagi pista ishlab chiqarish korxonasida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar berdi.

Bir necha daqiqadan so‘ng, ya’ni soat 03:20 da favqulodda vaziyatlar xodimlari hodisa joyiga yetib borishdi va yong‘inni o‘chirish ishlarini boshladilar. Soat 04:06 da yong‘in mahalliylashtirildi, soat 04:14 da esa to‘liq o‘chirildi. Yong‘inni o‘chirishda 12 ta yong‘in-qutqaruv guruhi va 2 ta maxsus yordam texnikasi qatnashdi.

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deb xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.