Mirobodda ta’mirdagi binodan yong‘in chiqdi

Mirobodda ta’mirdagi binodan yong‘in chiqdi
13 iyul kuni soat 18:06 larda Toshkent shahri Mirobod tumanida joylashgan Shayxun ko‘chasida ta’mirlanish jarayonida bo‘lgan binoning yong‘inga chulg‘angani haqida shahar Favqulodda Vaziyatlar Boshqarmasiga xabar berildi.

Hodisa joyiga yong‘in o‘chirish guruhlari bor-yo‘g‘i 5 daqiqada — soat 18:11 da yetib borishdi. O‘t kuchli harakatlar natijasida soat 18:33 da cheklandi va 18:40 da butunlay bartaraf etildi.

Ayni vaqtda vaziyat to‘liq Toshkent shahar FVB tomonidan nazoratda saqlanmoqda.

Hodisa oqibatida jabrlanganlar haqida hozircha rasmiy ma’lumot kelib tushmagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.