Surxondaryoda AYoQShda sifatsiz yoqilg‘i sotilgani aniqlandi

Surxondaryoda AYoQShda sifatsiz yoqilg‘i sotilgani aniqlandi
Surxondaryo viloyatidagi avtomobil yoqilg‘i quyish shoxobchasida sifatsiz yoqilg‘i sotilgani aniqlandi, deb xabar berdi UPL.uz Uzenergoinspeksiya matbuot xizmatiga tayanib.

Angor tumanida joylashgan “A.A.K” xususiy korxonasiga qarashli AYoQSh faoliyati Uzenergoinspeksiya hududiy boshqarmasi tomonidan tekshiruvdan o‘tkazildi. Mutaxassislar tomonidan AI-92 markali benzin va dizel yoqilg‘isining namunalari olinib, laboratoriya tahliliga yuborildi.

Tahlil natijalariga ko‘ra, namunalar belgilangan davlat standartlariga mos kelmagani sababli sifatsiz deb topildi.

Mazkur holat yuzasidan AYoQShga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilib, 16,4 million so‘m jarima belgilandi. Shuningdek, ularga sifatsiz neft mahsulotlarini sotishga yo‘l qo‘ymaslik va yoqilg‘i sifatini tiklash bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.