Ozarboyjon prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tabrikladi

Ozarboyjon prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tabrikladi
Ozarboyjon prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tabrikladi

Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliev Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston prezidenti saylovida g‘alaba qozongani bilan tabrikladi. «Sizni O‘zbekiston Prezidenti lavozimi bilan chin yurakdan tabriklayman», - deb o‘tgan Aliev.

Tabrik matnida I.Aliev Sh.Mirziyoyevni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylangani munosabati bilan chin dildan qutlagan va kelgusida Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi har tomonlama va ko‘p qirrali hamkorlik yanada mustahkamlanishiga ishonch bildirgan.

Ozarboyjon prezidenti Mirziyoyevga mustahkam sog‘lik, xotirjamlik va davlat ishlarida muvaffaqiyat tilagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.