Ryazanda besh nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Ryazanda besh nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
Ryazanda besh nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Rossiyaning Ryazan viloyatidagi «Kaspiy» trassasida yuz bergan dahshatli YTHda besh kishi halok bo‘ldi. Bu haqda \"Kun.uz\" xabar bermoqda.

Ryazan viloyatidagi M-6 «Kaspiy» trassasining 268-kilometrida Volkswagen Jetta avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotadi va MAN rusumli benzavozga borib uriladi. To‘qnashuvda yengil mashina salonida bo‘lgan besh kishi halok bo‘lgan. Ularning barchasi O‘zbekiston fuqarolari, deyilmoqda xabarda.

Avariya vaqtida benzavozda 40 kub benzin bo‘lgan. Yong‘in kelib chiqmagan. Yuk mashinasi haydovchisiga zarar etmagan.
Ryazanda besh nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.