Captiva avtomashinasi qarzdorlik uchun xatlandi

Captiva avtomashinasi qarzdorlik uchun xatlandi

Captiva avtomashinasi qarzdorlik uchun xatlandi
Majburiy ijro byurosi Mirishkor tuman bo‘limi tomonidan tuman elektr ta’minoti korxonasi foydasiga chiqarilgan sud qarori asosida qonuniy ijro harakatlari amalga oshirildi.

Qarzdorlik miqdori 25,5 mln. so‘m. Fermer xo‘jalik raisi davlat ijrochilarining ogohlantirishlariga qaramasdan qarzga be’etibor bo‘ldi.

Natijada \"Saptiva\" rusumli avtotransport vositasi xatlanib, olib ketildi. Kelgusida xatlangan avtotransport vositasi belgilangan tartibda baholanib, keyinchalik qarzni so‘ndirish manbai sifatida elektron auksion savdosiga chiqarilishi mumkin.

Eslatma: Qarz majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish har bir fuqaroning qonuniy burchidir.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.