Sanepid idorasi muzqaymoq haqidagi asossiz xabarlarga oydinlik kiritdi

O‘zbekiston Sanepidqo‘mitasi ayrim tarmoqlarda tarqalgan “muzqaymoq insonni o‘limga olib kelishi mumkin” degan xabarlarni asossiz deb rad etdi, deb Kursiv.media xabar berdi.
Idoraning ma’lum qilishicha, mamlakatda savdoga chiqarilayotgan muzqaymoqlar sanitariya talablariga to‘liq javob beradi. Barcha mahsulotlar sotuvga chiqishdan oldin tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Shu bilan birga, qo‘mita aholiga asossiz xabarlarga ishonmaslik va rasmiy ma’lumotlarga tayanishni tavsiya qildi. Mazkur xabarlar aholida asossiz xavotir uyg‘otgani ta’kidlandi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













