Bunyodkor ko‘chasida avtomobil yonib ketdi

2025-yil 21-oktyabr kuni tungi soat 00:15 da Toshkent shahri Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh ko‘chasida avtomobil yo‘l-transport hodisasi yuz berib, mashina yonib ketgani haqida shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar berilgan.
Olingan xabardan so‘ng, yong‘in-qutqaruv brigadalari zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan. FVB axborot xizmatiga ko‘ra, yong‘in soat 00:22 da bartaraf etuvchilar tomonidan nazoratga olinib, 00:29 da to‘liq o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘qligi ma’lum qilindi. Mutasaddi idoralar tomonidan hodisaning sabablari bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













