Toshkentda yangi daraxtlarga yashil yoritish o‘rnatildi

Toshkentda yangi daraxtlarga yashil yoritish o‘rnatildi
Toshkentda, Bobur ko‘chasida obodonlashtirish ishlarining yana bir bosqichi yakunlandi. Avvalroq ushbu hududda yuzdan ortiq archa daraxtlari kesib tashlangan edi.

Kesilgan daraxtlar o‘rniga yangi, yosh ko‘chatlar ekildi. Ammo shaharliklar diqqatini asosan ko‘kalamzorlashtirish emas, balki yangi o‘rnatilgan yangilik – har bir yangi ekilgan daraxtga yorqin yashil yoritish tizimi o‘rnatilgani tortdi.

"Estetik ko‘rinishni yaxshilash" maqsadida qilingan bu qadam yaqinda yetkazilgan ekologik zararni hisobga olganda ko‘p muhokamalarga sabab bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, archa daraxtlarining kesilishi oqibatida tabiatga 620 million so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.

Mazkur ish yuzasidan materiallar aybdorlarni javobgarlikka tortish uchun prokuraturaga yuborilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.