Kartochka o'yinchilaridan davlat byudjetiga 24 000 so'm

Kartochka o'yinchilaridan davlat byudjetiga 24 000 so'm
Toshkent viloyati, O'rtachirchiq tumanida qiziqarli jinoyat holati sodir bo'ldi. Bu haqda UPL muxbiri xabar bermoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, uch nafar yigit suv nasos stansiyasida kartochka o'yini bilan shug'ullangan. Huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan ular qo'lga olingan va o'yin uchun ishlatilgan 24 000 so'm daliliy ashyolar sifatida olib qo'yilgan.

Ushbu summa qimor o'yini uchun ishlatilgan. Sud davomida yigitlar o'z ayblarini tan olgan va jazoni yengillashtirishni so'rashgan.

Sud qaroriga ko'ra, qonunbuzarlarga 1,5 million so'mdan jarima belgilangan, shuningdek, daliliy ashyo sifatida olib qo'yilgan 24 000 so'm davlat byudjetiga o'tkazilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.