Aliment talashidan keyingi fojea: erkak xotini va qizini o‘ldirdi

Aliment talashidan keyingi fojea: erkak xotini va qizini o‘ldirdi

Farg‘onada aliment masalasi ortidan og‘ir jinoyat sodir etildi, deb xabar berdi zamon.uz.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 3 noyabr kuni soat 18:00 larda 34 yoshli erkak 27 yoshli turmush o‘rtog‘i bilan farzand uchun to‘lov masalasida tortishuvga kirishgan.

Bahs davomida u jahli chiqib, oshxona pichog‘i bilan xotini va ikki yoshli qiziga hujum qilgan. Yaqinlarining so‘zlariga ko‘ra, janjal bir necha daqiqada fojeaga aylangan.

Jabrlanganlar shifoxonaga yetkazilgan bo‘lsa-da, ko‘rilgan jarohatlar oqibatida ona va bola hayotdan ko‘z yumgan.

Hujumdan keyin erkak voqea joyidan qochgan, ammo tez orada huquq-tartibot idoralari tomonidan qo‘lga olingan.

Bosh prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, erkakka nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi bo‘yicha tergov harakatlari boshlangan.

Hozirda surishtiruv davom etmoqda. Mahalliy aholi bu voqeani katta qayg‘u va iztirob bilan qarshi olgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Kamola Shuhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.