O'zbekistonda salbiy izohlar uchun jarimalar boshlandi

O'zbekistonda salbiy izohlar uchun jarimalar boshlandi
O'zbekistonda ijtimoiy tarmoqlardagi foydalanuvchilarning xatti-harakatlari va izohlari ustidan huquqiy nazorat kuchaymoqda. Davlat organlari internetda haqoratli va salbiy fikrlar qoldirganlik uchun ommaviy ravishda jarima solishni boshladi.

Internetda haqoratli izohlar yoki tuhmat qilish jiddiy moliyaviy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bunday qonunbuzarliklar uchun 13,2 million so'mgacha jarima belgilangan.

Agar ushbu qonunbuzarlik bir yil ichida takrorlansa, jarima miqdori 66 million so'mgacha oshishi mumkin. Bundan tashqari, jabrlangan tomon ma'naviy zarar uchun 1 milliard so'mgacha kompensatsiya talab qilishi mumkin.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.