Ikkinchi jahon urushi boshlangani haqida birinchi bo‘lib xabar bergan jurnalist vafot etdi

Ikkinchi jahon urushi boshlangani haqida birinchi bo‘lib xabar bergan jurnalist vafot etdi
Ikkinchi jahon urushi boshlangani haqida birinchi bo‘lib xabar bergan jurnalist vafot etdi

Britaniyalik harbiy jurnalist, Ikkinchi jahon urushi boshlangani haqida birinchi bo‘lib xabar bergan Kler Hollinguort 105 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda \"Bi-Bi-Si\"ga asoslanib \"Kun.uz\" xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, u o‘zi 60 yildan buyon istiqomat qilib kelgan Hongkongda vafot etgan.

Hollinguort xonim 1939 yilning sentyabrida Polshadan Germaniyaga ketayotganida nemis qo‘shinlari chegarani buzib o‘tayotganiga guvoh bo‘lib qolgandi. U darhol o‘z ko‘rganlari haqida xabar tarqatgan.

O‘zining jurnalistik faoliyati davomida u Vetnam, Jazoir, Hindiston, Pokiston va Yaqin Sharqda ishlagan, shuningdek, Xitoydagi madaniy inqilob voqealarini yoritgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.