O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida giyohvand moddalar bilan qo‘lga tushdi

Davlat xavfsizlik xizmati matbuot xizmati xabariga ko‘ra, maxsus operatsiya davomida giyohvand modda kontrabandachisi qo‘lga olingan. DXX xodimlari chegara qo‘shinlari, ichki ishlar organlari va bojxona boshqarmasi vakillari bilan hamkorlikda Namangan viloyatida maxsus tezkor tadbir o‘tkazdi.
Tadbir chog‘ida Uychi tumanidagi “Yangier” chegara maskanida Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan fuqaro noqonuniy ravishda O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasini kesib o‘tgan va qo‘lga olingan. Shaxsiy tintuv paytida ushbu shaxs yonidan 9,7 kilogramm gashish giyohvand moddasi topilgan.
Ushbu holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining “Chegarani noqonuniy kesib o‘tish” va “Kontrabanda” moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu jinoyat uchun 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
Hozirda tergov ishlari davom etmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Tadbir chog‘ida Uychi tumanidagi “Yangier” chegara maskanida Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan fuqaro noqonuniy ravishda O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasini kesib o‘tgan va qo‘lga olingan. Shaxsiy tintuv paytida ushbu shaxs yonidan 9,7 kilogramm gashish giyohvand moddasi topilgan.
Ushbu holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining “Chegarani noqonuniy kesib o‘tish” va “Kontrabanda” moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu jinoyat uchun 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
Hozirda tergov ishlari davom etmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













