Qo‘qonda alimentdan qochgan ota yerto‘ladan topildi

Qo‘qonda alimentdan qochgan ota yerto‘ladan topildi

Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab, bir necha vaqtdan beri qochib yurgan ota kutilmaganda yerto‘ladan topildi, deb xabar berdi Repost.uz.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qarzdor ota mahalladagi uy podvalida yashirin holda bo‘lgan. U o‘zini oqlash uchun “podvalga gaz ulash uchun tushganman”, deb bahona qilgan.

Davlat ijrochilari uni topgach, tegishli hujjatlarni sudga taqdim etishgan. Sud qaroriga ko‘ra, aliment majburiyatini bajarmasdan qochib yurgan ota 15 sutkaga ma’muriy qamoq jazosiga hukm qilindi.

Hozirda ijro organlari qarzdorning qarz miqdorini to‘liq undirish choralarini ko‘rmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Kamola Shuhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.