Andijondagi uydagi yong‘in: 4 ta ekipaj yordamida o‘chirildi

Andijondagi uydagi yong‘in: 4 ta ekipaj yordamida o‘chirildi

2 dekabr kuni soat 22:33 da Andijon viloyati, Andijon tumanidagi «Kurama» MFYdagi uyda yong‘in sodir bo‘ldi. Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji bilan soat 22:44 da hodisa joyiga yetib borib, 22:49 da yong‘inni o‘rab oldi. Soat 23:30 da yong‘in to‘liq o‘chirildi.

Yong‘in natijasida uyning shift, tom qismi va uy-ro‘zg‘or buyumlari zararlangan. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar aniqlanmoqda. Jarohat olgan shaxslar haqida xabar kelib tushmagan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Kamola Shuhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.