Qoraqalpog‘istonda yashirilgan mashina masjid yonidan topildi

Qoraqalpog‘istonda yashirilgan mashina masjid yonidan topildi

Qoraqalpog‘istondagi Chimboy tumanida qidiruvdagi “Lacetti” markali avtomobil masjid yonidan topildi. Ma’lum bo‘lishicha, qarzdor N.B. bankdan olingan 118 mln so‘mlik qarzini to‘lamaslik uchun mashinasini yashirgan. Majburiy ijro byurosi va Nukus sudi qarorga asosan uning avtotransport vositasini topishga harakat qilgan va mashguliy joydagi manzilga bir necha marotaba borgan.

Natijada, qarzdorga tegishli avtomashina Chimboydagi masjidning yaqinida aniqlanib, jarima maydonchasiga qo‘yilgan. Bunday qarshiliklarga qaramasdan, 24-noyabrda mashina elektron onlayn-auksion orqali sotilgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Kamola Shuhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.