Termizda erkak 16-qavatdan sakrab joniga qasd qildi

Termizda erkak 16-qavatdan sakrab joniga qasd qildi

Termizda sodir bo‘lgan fojea aks etgan lavhalar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, “Movaro” turar joy majmuasida bir erkak 16-qavatdan sakrab, o‘z joniga qasd qilgan. Bu haqda podrobno.uz xabar beradi.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning bildirishicha, holat yuzasidan Termiz shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv boshlangan.

O‘limning aniq sabablarini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan. Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar voqea sabablarini, shuningdek, hodisaning barcha tafsilotlarini o‘rganmoqda. Tekshiruv jarayoni idora nazoratida.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Mushtariy
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.