Toshkentda 2-sinfda o‘qiydigan qizchani zo‘rlamoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi


Toshkent shahrining Olmazor tumani tezkor xodimlari Buxoro viloyatidan bo‘lgan 33 yoshli shaxsni qo‘lga olishdi. U ikkinchi sinfda o‘qiydigan qizchani zo‘rlamoqchi bo‘lgan, deb yozmoqda Kun nashri.
Xabarda aytilishicha, dushanba kuni mahalliy vaqt bilan 22.30larda Olmazor tumani IIBga 159-raqamli maktabning 2-sinf o‘quvchisi ota-onasidan ariza kelib tushgan. Qizcha ota-onasining xabar berishicha, qizlarini noma’lum erkak zo‘rlamoqchi bo‘lgan.
«Noma’lum erkak bolani o‘zining velosipediga o‘tqizib, Sebzor mavzesidagi 9 qavatli binolardan biriga qarab yo‘l olgan. U qizchani cherdakka olib chiqqan hamda maktab o‘quvchisi otasi milisiyada ishlashini aytib baqirganidan so‘ng, qo‘rqib ketgan erkak uni tashlab, qochib qolgan», - deya aytib o‘tishgan tezkor xodimlar.
Ertasi kuni Qora-qamish mavzesida huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan «Qopqon» amaliyoti o‘tkazildi. Olmazor tumanidagi «A’lo» restorani yonida taxminan 18.30larda shubhali erkak qo‘lga olingan. U velosipedda bo‘lgan. Tekshiruv jarayonida aniqlanishicha, u 1984 yilda tug‘ilgan Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanilik fuqaro ekan. So‘roq paytida aynan u Sebzor mavzesida ikkinchi sinf o‘quvchisini zo‘rlamoqchi bo‘lgani aniqlandi.
Ayni damda ayblanuvchiga nisbatan barcha hujjatlar to‘plandi hamda Olmazor tumani IIBga topshirilgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













