Hindistondagi Nipah virusi O‘zbekistonga xavf tug‘diradimi?

Hindistonda Nipah virusi bilan bog‘liq kasallanish holatlari ko‘payayotgani haqida xabarlar fonida SES o‘zbekistonliklarni ogoh bo‘lishga chaqirdi. Qayd etilishicha, hozircha O‘zbekistonda ushbu virus aniqlanmagan va epidemiologik vaziyat barqaror.
Shunga qaramay, Hindistonga sayohat qiluvchilarga shaxsiy gigiyenaga qat’iy amal qilish tavsiya etildi. Xususan, qo‘llarni tez-tez yuvish, tekshirilmagan suvni ichmaslik, shubhali yoki zarar ko‘rgan mevalarni iste’mol qilmaslik kerakligi eslatildi.
Agar yuqori harorat yoki kasallik alomatlari sezilsa, darhol shifokorga murojaat qilish lozim. Mutaxassislar safardan oldin va safar davomida rasmiy tavsiyalarni kuzatib borishni ham maslahat bermoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













