Xabarovsk aeroportida O‘zbekistondan olib kelingan mevalar olib qo‘yilmoqda

Xabarovsk aeroportida O‘zbekistondan olib kelingan mevalar olib qo‘yilmoqda
Xabarovsk aeroportida O‘zbekistondan olib kelingan mevalar olib qo‘yilmoqda

O‘tgan hafta davomida Rossiyaning Xabarovsk aeroportida O‘zbekiston fuqarolarining bagaj va qo‘l yuklaridan 124 kg noqonuniy ravishda olib kirilgan mahsulotlar topildi, deb yozadi Kun.uz nashri.

O‘zbekistonliklar ko‘p hollarda mayiz, yong‘oq, olma, shaftoli va quruq mevalarni olib kirishga urinishmoqda.

2017 yilning boshidan beri “Toshkent – Xabarovsk” reysida olib kirishga taqiqlangan 220 kilogramm mahsulotlar aniqlandi, - deb xabar berishdi Rossiya qishloq xo‘jalik mahsulotlari nazoratining Xabarovsk o‘lkasi bo‘yicha Boshqarmasida.

Mahsulotlar nazorat-o‘tkazish nuqtasida yo‘q qilinadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.