Rossiyada ayol bolasi bilan er ostidagi qaynoq suvga tushib ketdi


Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida ayol bolasi bilan yo‘l ostidan o‘tgan qaynoq suvga tushib ketdi. Bu haqda FlashNord portali\'ga asoslanib Kun.uz xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, bolasi bilan sayr qilib yurgan ayolning oyog‘i ostida yo‘lga yotqizilgan chorqirra toshlar surilib, ayol er ostiga tushib ketgan.
Atrofdagilar unga er ostidan chiqishga yordam bergan. Onaga ham, farzandga ham katta zarar etmagan.
Aniqlanishicha, chorqirra toshlar olib borilayotgan gidravlika tadbirlari natijasida surilib ketgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













