Restorandagi ziyofat avjida 120 kishi pulini to‘lamay, juftakni rostladi

Restorandagi ziyofat avjida 120 kishi pulini to‘lamay, juftakni rostladi
Restorandagi ziyofat avjida 120 kishi pulini to‘lamay, juftakni rostladi

Sharqiy evropalik bir guruh kishilar Ispaniyadagi restoranda ziyofat uyushtirdi. Tadbirning oxirida mehmonlar 2000 evrolik hisobni yopmasdan muassasadan qochib ketdi. Bu haqda «Vesti.ru»ga asoslanib «Daryo» xabar berdi.

Ruminiyalik 120 nafar mehmon 27 fevralda Leon provinsiyasi Bembibre shahridagi «Karmen» restoranida ikki nafar yosh bolaning cho‘qintirish marosimini nishonladi. Mehmonlar gazak, asosiy ovqat va 30 butilka o‘tkir alkogol ichimlik iste’mol qildi. Desert tortilishidan oldin tadbir ishtirokchilarining hammasi raqs tushish bahonasida o‘rnidan turib, restorandan qochib chiqdi va mashinalarga o‘tirib, g‘oyib bo‘ldi.

Restoran egasi Antonio Rodrigesning aytishicha, mehmonlar oldindan kelishgan holda bir daqiqa ichida chiqib ketgan, ofisiantlardan hech kim ularni to‘xtatib qola olmagan. Ziyofat oldidan mehmonlar 900 evro to‘lagan, ammo 2000 evrodan iborat to‘lovning qolgan qismini amalga oshirmasdan qochib ketgan.

Polisiya qidiruv olib bormoqda, biroq Rodrigesning o‘ylashicha, tartibbuzarlarni topish imkoniyati kam. Mehmonlar mahalliy aholi vakillari emas. Buyurtma qilishda esa soxta ismlardan foydalanilgan. Mehmonlar qochib ketgan avtomobillarning raqamlarini hech kim eslab qola olmagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.