Turkmaniston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga zotdor ot sovg‘a qildi (Foto)

Turkmaniston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga zotdor ot sovg‘a qildi (Foto)
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ashxobodga tashrifining birinchi kunidagi muzokaralar yakunida ikki prezident OAV vakillari bilan uchrashuv o‘tkazib, muzokaralar bo‘yicha bayonot berishdi.

Kunning ikkinchi yarmida esa prezidentlar Xalqaro Axalteki otlari majmuasi bilan tanishishdi. Turkmaniston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga zotdor ot sovg‘a qilgan.
Turkmaniston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga zotdor ot sovg‘a qildi (Foto)

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovga O‘zbekistonda yaqinda chop etilgan Maxtumqulining “Elingga baxsh ayla” deb nomlangan kitobini sovg‘a qilgan. Turkmaniston prezidenti kitob eng yaxshi tuhfa ekanini ta’kidlab, O‘zbekiston rahbariga minnatdorlik bildirgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.