Ayanchli holat: katta yuk mashinasi velosipedchi kuryerni urib yubordi

Ayanchli holat: katta yuk mashinasi velosipedchi kuryerni urib yubordi

Joriy yil 15-fevral kuni soat 18:00 larda Toshkent shahri Chilonzor tumani hududida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, TXAY–Chorbog‘ ko‘chalari kesishgan chorrahada yuk avtomobili bir yo‘nalishda harakatlanayotgan velosipedni urib yuborgan.

Qayd etilishicha, 1969-yilda tug‘ilgan Yu.A. boshqaruvidagi HOWO rusumli yuk avtomobili 2004-yilda tug‘ilgan A.I. boshqaruvidagi velosiped bilan to‘qnashgan. Hodisa oqibatida velosiped haydovchisi olgan tan jarohatlari tufayli vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ayni vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda. Hayot juda tez o‘tib ketadi — shuning uchun yo‘lda har bir harakat, har bir soniya ehtiyotkorlik talab qiladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.