2015 yilda O‘zbekistonda maktab bitiruvchilari soni 483 ming nafarni tashkil etdi


25 may kuni O‘zbekistonning barcha maktablarida so‘nggi qo‘ng‘iroq chalinib, “Xayr maktab, salom kollej” bayrami bo‘lib o‘tdi, deb yozadi Kun.uz.
Xalq ta’limi Vazirligi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilda O‘zbekistonda 9-sinfni bitirgan o‘quvchilar soni 483 ming (2014 yilda bu ko‘rsatkich 501,2 mingdan ko‘proqni tashkil etgan) nafarni tashkil etdi. Xalq ta’limi Vazirligi 9698 dona umumiy ta’lim maktablari ro‘yxatdan o‘tgan.
Bu yilgi bitiruvchilarning 91 foizi, ya’ni 441 ming nafari o‘qishni kollejlarda davom ettirsa, 42 ming nafari akademik liseylarda ta’lim oladi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













