Chimyon yo‘nalishining ayrim hududlarida avtomobil harakati vaqtincha to‘xtatildi

Chimyon yo‘nalishining ayrim hududlarida avtomobil harakati vaqtincha to‘xtatildi
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi Uchterak qishlog‘i hududidan o‘tuvchi 4R6 \"Toshkent-Chirchiq-Chimyon\" avtomobil yo‘lining 69-kilometrida, \"G‘azalkent-Chimyon\" yo‘nalishida 2 metr kenglikdagi, uzunligi 15-20 metr bo‘lgan yo‘lning qatnov qismida ko‘chki yuzaga keldi. Bu haqda Qalampir.uz xabar berdi.

27 mart kuni soat 9:00 larda ushbu ko‘chki sodir bo‘lgan joyning maydoni 4-4,5 metr kenglikka va 35-40 metr uzunlikka kattalashgan. Sodir bo‘lgan ko‘chki natijasida mahalliy aholiga va turar joy binolariga zarar etmagan, deyiladi vazirlik axborotida.

Xabar berishlaricha, tabiiy ofat oqibatlari bartaraf etilguniga qadar 4R6 \"Toshkent-Chirchiq-Chimyon\" avtomobil yo‘lining 58-kilometridan 71-kilometrigacha avtomobillarning harakatlanishi to‘xtatilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.