Farg‘onadan Moskvaga uchayotgan samolyotni chaqmoq urdi

Farg‘onadan Moskvaga uchayotgan samolyotni chaqmoq urdi
Farg‘onadan Moskvaga uchayotgan samolyotni chaqmoq urdi

29 may kuni Moskvaga yo‘l olgan ikki yo‘lovchi samolyot ob-havo aynishi tufayli chaqmoqdan zararlandi. Interfaks agentligi\'ga tayanib Kun.uz xabar berishicha, yo‘lovchi samolyotlari Farg‘ona va Sankt-Peterburgdan Moskvaga uchib kelgan.

Moskvaning Domodedovo aeroportiga Farg‘onadan kelgan A-320 va Sankt-Peterburgdan kelgan Boeing-737 samolyotlarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish chog‘ida chaqmoq tufayli ularning balandlik ruli konstruksiyasiga zarar keltirilganligi aniqlangan.
Bundan tashqari, ob-havoning yomonligi tufayli 60dan ortiq reys ushlanib qolgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.