Rossiya Tashqi ishlar vaziri keyingi haftada Toshkentga keladi

Rossiya Tashqi ishlar vaziri keyingi haftada Toshkentga keladi
Rossiya Federasiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 7 aprel kuni Toshkentga tashrif buyurishi kutilmoqda. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi, deb yozadi Qalampir.uz sayti.

Xabarlarga ko‘ra, Sergey Lavrov MDH davlatlari Tashqi ishlar vazirlarining navbatdagi kengashida ishtirok etadi. Mazkur yig‘ilishda vazirlar davlatlararo hamkorlik masalalarini, tashqi siyosatga aloqador dolzarb muammolarni muhokama qilishlari kutilmoqda.

Shuningdek, diniy masalalarga ham e’tibor qaratilishi mo‘ljallangan. Huquqni muhofaza qilish hamda gumanitar sohaga oid masalalar xususida fikr yuritiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.