Toshkentda internet orqali 9 mln o‘g‘irlagan qallob qiz fosh etildi

Toshkentda internet orqali 9 mln o‘g‘irlagan qallob qiz fosh etildi
Toshkentda internet orqali 9 mln o‘g‘irlagan qallob qiz fosh etildi
Toshkentning Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi Venera ismli qiz internet orqali qalloblik qilishda ayblanmoqda, deb yozadi Kun.uz.
“Ogoh” gazetasining yozishicha, u Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘ida “Gulida” ismi bilan ro‘yxatdan o‘tib, 1988 yili tug‘ilgan Dildora ismli qiz bilan tanishgan. So‘ng unga kiyim-kechak va pardoz anjomlarini sotib berishini aytib, 9 041 000 so‘mlik buyumlarini olib qo‘ygan. Ammo shundan keyin u Dildora bilan aloqani uzgan.
Dildora “dugonasi”ning qaytishini ikki oy kutgan. Aldanganini bilgach, milisiyaga murojaat qilgan. Milisiya xodimlarini qallobni qisqa muddatda topib, jinoiy javobgarlikka tortgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.