O'zbekistonda o'rtacha oylik ish haqi 6,8 mln so'mga yetdi

O'zbekistonda o'rtacha oylik ish haqi 6,8 mln so'mga yetdi

O'zbekistonda joriy yilning birinchi choragi yakunlariga ko'ra, o'rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi miqdori 6,825 mln so'mni tashkil etdi. Statistika ma'lumotlariga ko'ra, ushbu ko'rsatkich o'tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 17,4 foizga oshgan.

Hududlar kesimida eng yuqori maosh miqdori Toshkent shahrida qayd etilib, 11,684 mln so'mga yetdi. Aksincha, eng past ko'rsatkich Qashqadaryo viloyatida kuzatildi va o'rtacha ish haqi 4,665 mln so'm darajasida belgilandi.

Ish haqining o'sish sur'atlari bo'yicha Namangan viloyati yetakchilik qilmoqda, bu yerda ko'rsatkich 19 foizga ko'paygan. Shuningdek, Jizzax va Samarqand viloyatlarida ham ish haqining o'sishi yuqori sur'atlarda davom etmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.