Toshkent metrosida kutilmagan holat: ayol poyezd yoʻliga tushib ketdi

Toshkent metrosida kutilmagan holat: ayol poyezd yoʻliga tushib ketdi

Toshkent metropolitenida sodir boʻlgan hodisa koʻpchilik eʼtiborini tortdi. 2 may kuni soat taxminan 21:35 da Toshkent metropolitenining Gʻafur Gʻulom bekatiga kirib kelayotgan poyezd yoʻliga bir ayol ehtiyotsizlik tufayli tushib ketgan.

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, vaziyatda mashinist tomonidan tezkor qaror qabul qilingan va harakat tarkibi zudlik bilan toʻxtatilgan. Shu orqali jiddiy oqibatlarning oldi olingan.

Dastlabki tekshiruvlar shuni koʻrsatdiki, fuqaro ogʻir jarohat olmagan. U tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan koʻrikdan oʻtkazish uchun shifoxonaga olib ketilgan.

Mutaxassislar taʼkidlashicha, hodisa metro harakatiga taʼsir qilmagan — poyezdlar odatdagi jadval asosida harakatlanishda davom etgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Kamola Shuhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.