41 nafar o‘zbekistonlik Erondan xavfsiz tarzda olib chiqildi

41 nafar o‘zbekistonlik Erondan xavfsiz tarzda olib chiqildi
41 nafar o‘zbekistonlik Erondan xavfsiz tarzda olib chiqildi
Foto: Yandex

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan bir guruh fuqarolarni Erondan vatanga qaytarish bo‘yicha samarali choralar ko‘rildi. Ma’lum qilinishicha, 41 nafar o‘zbekistonlik Turkmaniston orqali tranzit tarzda xavfsiz ravishda olib chiqilgan.

Dunyo xabar berishicha, jarayon Ashxobod va Tehrondagi diplomatik vakolatxonalar hamda Turkmanistonning tegishli idoralari bilan yaqin hamkorlikda tashkil etilgan. Viza rasmiylashtirish va transport-logistika masalalari qisqa vaqt ichida hal qilingani qayd etilmoqda.

Fuqarolar “Saraxs–Seraxs” va “Gaudan–Bajgiran” chegara o‘tkazish punktlarida kutib olinib, diplomatlar hamrohligida O‘zbekistonga qaytarilgan. Ularning yo‘l davomida xavfsizligi to‘liq ta’minlangan.

Rasmiylar ta’kidlashicha, mazkur amaliy qadam O‘zbekiston tashqi siyosatida fuqarolar manfaatlarini himoya qilish ustuvor vazifa ekanini yana bir bor namoyon qildi. Shuningdek, bu jarayon mintaqadagi davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonch va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari yuqori darajada ekanini ko‘rsatdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.