Parkentdagi voqea ortidan ona intervyu berdi (video)

Parkentdagi voqea ortidan ona intervyu berdi (video)

Parkent tumanida onasiga nisbatan haqorat va tahdid qilgan 37 yoshli ayolga nisbatan 5 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi qo‘llangani haqida avval xabar berilgan edi.

Mazkur holat jamoatchilikda keng muhokamalarga sabab bo‘lgach, voqeada jabrlangan ona yaqinda intervyu berdi. U o‘z hayoti va boshidan kechirganlarini batafsil so‘zlab berdi.

Onaning aytishicha, u Parkent tumani, Qoraqalpoq qishlog‘ida yashaydi va o‘zini Abduraimova Mastura Tursunxo‘jayevna deb tanishtirdi. U 1988 yilda qiz farzand asrab olganini, Yoqubova Zumrad ismli farzandni esa o‘z bag‘riga olib, uni hech qachon o‘gay deb ajratmaganini ta’kidladi.

“Uni o‘z farzandimdek katta qildim. Hatto o‘z bolalarimdan ham ortiq mehr berdim. Hech qachon o‘gaylik qilmadim, qo‘limdan kelgan barcha yaxshilikni qildim,” — deydi ona.

Shuningdek, u oilada yuzaga kelgan moliyaviy va maishiy muammolar haqida ham so‘zlab, ba’zi mulklar va mablag‘lar yo‘qotilganini, oilaviy muhit esa og‘irlashib ketganini bildirdi.

“Yaxshi turmush o‘rtog‘im ham azob chekdi. Yangi olingan mashina ham zarar ko‘rdi, xarajatlar ko‘paydi. Ikki dona sog‘iladigan sigirimni ham sotgan edim, pullari ham yo‘qolgan. Qizlarimga ham tinchlik bermayapti,” — dedi u.

Hozirda mazkur holat atroflicha o‘rganilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.